O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Latviya Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar

UzDaily · 14.01.2026 · 20:55 · 2048 views
Oʻzbekiston va Latviya Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Latviya Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, Afg‘oniston kontekstida savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

G. Yaunzems ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.

UzDaily · 👁 2048 views · 14.01.2026 · 20:55