O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari Afgʻonistonga eksport shartlarini muhokama qilishdi

UzDaily · 23.06.2026 · 12:45 · 31 views
Oʻzbekiston farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari Afgʻonistonga eksport shartlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari Afgʻonistonga eksport shartlarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Afg‘oniston oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash mahsulotlari ustidan nazorat qilish boshqarmasi (AFDA) vakillari ishtirokida mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari bevosita va Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi. Uchrashuv davomida Afg‘onistonga dori vositalarini eksport qilish uchun mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, import talablari, ishlab chiqaruvchilar uchun amal qiladigan regulyator talablar hamda bozor imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi kunda Afg‘oniston farmatsevtika bozorining hajmi taxminan 1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Mamlakatda mahalliy ishlab chiqarish rivojlanib borayotgan bo‘lsa-da, farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning katta qismi import hisobidan qoplanmoqda.

AFDA vakili doktor Sadam tomonidan mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni, ariza topshirish tartibi, hujjatlarni ko‘rib chiqish, ishlab chiqarish maydonlarida inspeksiya o‘tkazish hamda amaldagi to‘lovlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, odatda har bir ishlab chiqarish liniyasi uchun maʼlum bir miqdoridagi belgilangan GMP inspeksiyasi to‘lovi hozirgi vaqtda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun bepul amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Afg‘oniston bozoriga chiqish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Agentlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

UzDaily · 👁 31 views · 23.06.2026 · 12:45