O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Eron togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 24.12.2025 · 10:15 · 2434 views
Oʻzbekiston va Eron togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Eron togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, vazir maslahatchisi B. Normatov hamda boshqa mutasaddilar joriy yilning 21–25-dekabr kunlari mamlakatimizda bo‘lib turgan Eron xalqaro muhandislik kompaniyasi (IRITEC) delegatsiyasi bilan uchrashdi, tadbirda Eron Islom Respublikasi Elchixonasining savdo maslahatchisi ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda IRITEC delegatsiyasiga mamlakatimizda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tomonlar sohaga investitsiyalarni jalb qilish, hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.