Oʻzbekiston bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi

Oʻzbekiston bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi

Oʻzbekiston bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan — Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bolaga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olgan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, bu haqda Bolalar ombudsmanini xabardor qilishi nazarda tutilmoqda. Bu kelgusida sud jarayonlarida, shu jumladan voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli himoya qilishga xizmat qiladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakilning parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlari ham belgilanib, bola manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy sudlarga arizalar, shikoyatlar va da’volar bilan murojaat qilishda uni davlat bojidan ozod qilish taklif etilmoqda.

Loyiha bilan vakilning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash, uni saylash, daxlsizlik huquqidan mahrum etish, shuningdek u tomonidan parlamentga taqdim etiladigan ma’ruzani eshitish masalalari tartibga solinmoqda.

Bundan tashqari, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) bilan majburiy kelishilishiga oid qoidalar belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling