O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Ninsya ilk bor O‘zbekistonga simmental qoramollarini eksport qildi

UzDaily tahririyati · 05.07.2026 · 11:25 · 37 views
Ninsya ilk bor O‘zbekistonga simmental qoramollarini eksport qildi

Ninsya ilk bor O‘zbekistonga simmental qoramollarini eksport qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan Ninsya-Xuey avtonom hududi ilk bor O‘zbekistonga simmental zotli yirik shoxli qoramollarni eksport qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Hayvonlar partiyasi Uchjun shahridagi Davlat qishloq xo‘jaligi ilmiy-texnika parkidan jo‘natildi. Uning tarkibiga 274 bosh simmental zotli qoramol va 51 bosh golshteyn zotli sut sigiri kiritildi.

Hayvonlarni O‘zbekistonga yetkazib berish uchun avtotransport taxminan 4,3 ming kilometr masofani bosib o‘tadi.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga ko‘ra, bojxona organlari eksport qilinayotgan qoramollarning veterinariya va sanitariya talablariga to‘liq javob berishini taʼminlash maqsadida maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Xitoy tomoni maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyidan buyon Ninsya-Xuey avtonom hududi O‘zbekistonga 1,1 ming boshdan ortiq tirik yirik shoxli qoramol yetkazib bergan.