Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Uyçi tumanida dastlabki qiymati 5,6 mlrd sömga baholangan, xorijda işlab çiqarilgan katta miqdordagi dori vositalari saqlanayotgan ombor aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, ombor noturar binolardan birining yertölasida taşkil etilgan. Unga ikki aka-uka egalik qilgan bölib, ulardan biri farmatsevtika mahsulotlarini sotişga ixtisoslaşgan xususiy korxona rahbari, ikkinçisi esa uşbu korxona xodimi hisoblanadi.
Tezkor tadbir davomida 412 nomdagi 67 923 dona dori vositasi aniqlanib, olib qöyildi. Mahsulotlar keyinçalik sotiş maqsadida saqlangan.
Olib qöyilgan dori vositalarining xususiyatlari va qiymatini aniqlaş uçun sud-kimyo hamda tovarşunoslik ekspertizalari tayinlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.