Namangan viloyatida maktab o‘quvchisi o‘ldirildi
Namangan viloyatida maktab o‘quvchisi o‘ldirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, fojia 6 may kuni soat 08:30 atrofida sodir bo‘lgan. Tergovda aniqlashicha, 28 yoshli N.M. va 18 yoshli K.I. o‘rtasida bitiruv kechasi uchun libos tanlash masalasi bo‘yicha janjal kelib chiqqan.
Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, janjal vaqtida erkak qizga ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan bir necha marta tan jarohati yetkazgan va shundan so‘ng voqea joyidan yashiringan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Qiz olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi yetib kelgan. Ish bo‘yicha zarur ekspertizalar tayinlangan.
Gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Erkak qo‘lga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.