O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Murodjon Ahmadaliyev WBA vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

UzDaily · 15.12.2024 · 23:40 · 1699 views
Murodjon Ahmadaliyev WBA vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Murodjon Ahmadaliyev WBA vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev meksikalik Rikardo Espinoza Frankoga qarshi jangda g‘alaba qozonib, WBA’ning birinchi yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Uchinchi raundda Ahmadaliyev raqibiga ustunlik qildi, raqibini uch marta nokdaunga uchratdi va hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

G‘alabadan so‘ng, o‘zbek bokschisi mutlaq chempion Naoya Inouega murojaat qilib, unga ochiqchasiga chaqiriq tashladi va WBA kamarini himoya qilish majburiyatlarini bajarishni talab qildi.

Bu orada Inoue o‘zining navbatdagi jangi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jang 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi va uning raqibi IBF versiyasi bo‘yicha majburiy da’vogar Sem Gudman bo‘ladi.