Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Miyasiga qon quyilişi oqibatida oğir ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi diplomatik va tibbiy xizmatlar kömagida Turkiyadan Vatanga qaytarildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
1981 yilda tuğilgan ayolni Vatanga qaytariş işlari Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi, Turkiyadagi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi hamda faol vatandoşlar kömagida taşkil etildi.
Fuqaro işga joylaşiş maqsadida Turkiyaga borgan va uzoq vaqt davomida bola parvarişi bilan şuğullangan.
Biroq tösatdan miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap tomoni falaj bölib qolgan. Ayol Istanbuldagi şifoxonalardan birida davolanişiga töğri kelgan.
U şifoxonada bölgan davrda yonida akasi bölib, u ayolni parvariş qiliş va davolaniş jarayonida yordam bergan. Ayolni Özbekistonga qaytariş çoralari ham uning akasi hamrohligida taşkil etildi.
Safar davomida tibbiy xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi kömagida Respublika tez tibbiy yordam markazining ikki nafar mutaxassisi Istanbulga yuborildi.
Tibbiyot xodimlari bemorni Vatanga qaytariş jarayonida, jumladan, aviaparvoz vaqtida hamrohlik qildi. Ular ayolning ahvolini uzluksiz nazorat qilib bordi va zarurat tuğilganda tibbiy yordam körsatdi.