O‘zbekiston

Mirziyoyev ACWA bilan investitsiya loyihalarini kengaytirishni muhokama qildi

Mirziyoyev ACWA bilan investitsiya loyihalarini kengaytirishni muhokama qildi
Mirziyoyev ACWA bilan investitsiya loyihalarini kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TXIF doirasida Oʻzbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Saudiyaning “ACWA” va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu borada Toshkent investitsiya forumi doirasida yana bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Uchrashuvda “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash, transport, infratuzilma, turizm va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.