Kon-geologiya vazirligi Mangold Consulting bilan taʼlim loyihalarini muhokama qildi
Kon-geologiya vazirligi Mangold Consulting bilan taʼlim loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yilning 17-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov boshchiligidagi vazirlik xodimlari hamda Mangold Consulting kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda V Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumining strategik ahamiyati, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar Frayberg konchilik akademiyasi hamda Geologiya fanlari universiteti o‘rtasidagi talabalar almashinuvi dasturlari va boshqa amalga oshirilayotgan loyihalarni izchil rivojlantirish kabi masalalarni koʻrib chiqdilar.
UzDaily
·
👁 35 views
·
19.06.2026 · 16:55