Kameralar 192 ta guvohnomasisiz haydovchini qayd etdi
Kameralar 192 ta guvohnomasisiz haydovchini qayd etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda videokuzatuv kameralari yordamida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yoki transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan avtomobil boshqarilgan 192 ta holat aniqlandi.
Eng ko‘p qoidabuzarliklar Xorazm viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 60 ta holat aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 40 ta shunday holat qayd etilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 32 holatda qoidabuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida, yaʼni 20 million 600 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Yana 31 holatda esa 5 baravar bazaviy hisoblash miqdorida — 2 million 60 ming so‘m jarima belgilangan.
Bunday qoidabuzarliklarni qayd etish videokuzatuv kameralari orqali amalga oshiriladi va ular transport vositasini tegishli huquqsiz boshqarish holatlarini aniqlash imkonini beradi.