O‘zbekiston

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.