O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori INSON loyihasi bo‘yicha Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

UzDaily · 07.02.2025 · 12:20 · 1053 views
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori INSON loyihasi bo‘yicha Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori INSON loyihasi bo‘yicha Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 6-fevral kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Jahon banki missiyasi bilan INSON loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda loyiha amalga oshirilishining asosiy bosqichlari va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Agentlik direktori Jahon bankiga O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishda doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Xalqaro o‘quv markazi (ITCILO) bilan hamkorlikda Agentlik rahbariyati, viloyat boshqarmalari boshliqlari va sohaga oid mutaxassislar uchun o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.