IEC rahbari O'zbekistondagi TEXNOPARK korxonasiga tashrif buyurdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi va Bosh ijrochi direktori Filipp Metsger TEXNOPARK korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Filipp Metsger TEXNOPARKning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik infratuzilmasi va innovatsion loyihalari bilan tanishdi. Shuningdek, mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda sanoat korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xalqaro tajribadan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotlarda IEC xalqaro standartlarini ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish, standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston sanoat korxonalarining IEC texnik qo‘mitalari faoliyatidagi ishtirokini faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislarini xalqaro standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonlariga keng jalb etish, ishlab chiqaruvchilarning amaliy ehtiyojlarini xalqaro standartlarda inobatga olish muhumligi takidlandi.