O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Hisob palatasi faoliyati tashqi baholashdan o‘tkaziladi

UzDaily · 20.12.2025 · 09:10 · 2242 views
Hisob palatasi faoliyati tashqi baholashdan o‘tkaziladi

Hisob palatasi faoliyati tashqi baholashdan o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–252-son, 18.12.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5 yilda kamida 1 marotaba tashqi baholashdan o‘tkaziladi.

Hisob palatasi faoliyati quyidagi shartlarda tashqi baholashdan o‘tkaziladi:

organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)

va boshqa xalqaro darajada tan olingan tashkilotlar metodologiyalari asosida;

kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan;

mustaqil baholash jarayonini tashkil etish, faoliyati bo‘yicha barcha maʼlumotlarni taqdim etish, natijalarini jamoatchilik uchun eʼlon qilish.

Hisob palatasiga quyidagi auditlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi, jumladan:

xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari va texnik topshiriqlari asosida ularning mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditi;

xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki o‘zaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditi.

UzDaily · 👁 2242 views · 20.12.2025 · 09:10