O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi diskvalifikatsiya qilindi

Dilafro'z Niyazova · 28.08.2025 · 11:59 · 740 views
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi diskvalifikatsiya qilindi
Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi diskvalifikatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar U-19 gandbol terma jamoasi musobaqadan diskvalifikatsiya qilindi.

Bu qaror jamoa yarim finalga yo‘l olish va 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganiga qaramasdan qabul qilindi.

O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etgan barcha uchrashuvlar natijalari bekor qilindi. Shu tariqa, yarim finalga O‘zbekiston o‘rniga Xitoy Taybey jamoasi yo‘l oldi.

Hozircha O‘zbekiston gandbol federatsiyasi diskvalifikatsiyaning sabablari bo‘yicha rasmiy izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 20–29 avgust kunlari Toshkentda o‘tmoqda.