O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

FVV qutqaruvchilari quduqqa tushgan erkakni qutqardi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 17:00 · 35 views
FVV qutqaruvchilari quduqqa tushgan erkakni qutqardi

FVV qutqaruvchilari quduqqa tushgan erkakni qutqardi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining “Novobod” mahallasi hududida quduqqa tushib ketgan erkakka yordam ko‘rsatdi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, hodisa haqidagi xabar 6 iyul kuni soat 12:27 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan. Unda oilaviy dam olish uchun dala hovlisiga kelgan shaxslardan biri quduqqa tushib ketgani va shoshilinch yordamga muhtoj ekani xabar qilingan.

Xabar kelib tushgach, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, jabrlanuvchini quduqdan olib chiqdi va tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda erkakning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.