O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Fransiya elchisi Aureliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi

UzDaily · 12.08.2025 · 13:45 · 453 views
Fransiya elchisi Aureliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi
Fransiya elchisi Aureliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida keyingi yillarda O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari misli ko‘rilmagan rivojlanish dinamikasini namoyon etgani ta’kidlandi.

Mamlakatlar hamkorlikda tarixiy marralarni bosib o‘tdi, ikki tomonlama aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

TIV rahbari Fransiya elchisiga ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan doimiy va salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusidagi professional va shaxsiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.