Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Minsk şahrida Belarus boş vaziri örinbosari Yuriy Şuleyko bilan uçraşdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuvda Özbekiston va Belarus örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat mintaqalari örtasidagi töğridan-töğri aloqalar esa faollaşayotgani ta’kidlandi.
Farğona viloyatining Belarus mintaqalari bilan hamkorligi amaliy loyihalarni amalga oşiriş hisobiga kengayib bormoqda.
Tomonlar qişloq xöjaligi, çorvaçilik, yengil sanoat, mebel işlab çiqariş, farmatsevtika va maşinasozlik sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini körib çiqdilar.
Qöşma korxonalar taşkil etiş va özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida iqtisodiy samaradorlikni oşiriş va har ikki tomon uçun yangi iş örinlarini yaratişga qaratilgan qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça kelişuvga erişildi.