O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Dilafro'z Niyazova · 14.04.2025 · 21:30 · 476 views
Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo‘lib, yana bir yangi Farg‘ona-Urumchi-Farg‘ona yo‘nalishida aviaparvoz yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi bugun Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.