Farg‘onada yirik narkotiklar kontrabandasi fosh etildi

Farg‘onada yirik narkotiklar kontrabandasi fosh etildi

Farg‘onada yirik narkotiklar kontrabandasi fosh etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Dehqonobod” mahallasida narkotik vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Maʼlum qilinishicha, qo‘shni davlatdan kelgan Volvo rusumli yuk avtomobili g‘ildiraklari ichiga yashirilgan taqiqlangan moddalarni qabul qilib olish vaqtida 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi va buyurtmachi sifatida ko‘rsatilgan Uchko‘prik tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.

Transport vositasi g‘ildiraklari ichi tekshirilganda 3 kilogramm 408 gramm opiy va 16 kilogramm 405 gramm gashish aniqlandi. Musodara qilingan moddalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, jinoiy sxemaga buyurtmachining 1980 yilda tug‘ilgan otasi ham aloqador ekani aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling