O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘onada biomassani qayta ishlash majmuasi quriladi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 12:10 · 33 views
Farg‘onada biomassani qayta ishlash majmuasi quriladi

Farg‘onada biomassani qayta ishlash majmuasi quriladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘onada viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Janubiy Koreyaning KICC (Korea Institute of Climate Change) kompaniyasi prezidenti Yong Von Shin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish orqali hududni barqaror elektr hamda issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Loyiha ekologik barqarorlikni taʼminlab, atrof-muhit muhofazasini kuchaytirishda va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy iqtisodiyotni rivojlantiradi.

Muloqotda ayni jihatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Bundan tashqari viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Uchrashuvda kompaniyaning ilg‘or tajribasini Farg‘ona viloyatida joriy etish, taqdim etilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.