7
Özbekiston

Farg‘ona viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da o‘rab olinib, 14:12 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Viloyat IIB bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.Tergov doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda hodisaga aloqador besh kishi protsessual qamoqqa olingan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.