Costco va AEON chakana sotuvchilari Farg‘ona viloyatidan Yaponiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytiradi

Costco va AEON chakana sotuvchilari Farg‘ona viloyatidan Yaponiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytiradi

Costco va AEON chakana sotuvchilari Farg‘ona viloyatidan Yaponiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dunyoning yirik savdo tarmoqlari hisoblangan “Costco” va “AEON” kompaniyalarining Yaponiyadagi do‘konlariga Farg‘onada yetishtirilgan meva-sabzavot hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmi yanada oshiriladi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Chiba prefekturasida joylashgan Yaponiyaning “Washin Trading Co., Ltd” kompaniyasi hamda “Quva Agrostar” korxonasi hamkorligida tashkil etilgan O‘zbekiston mevalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari omborida bo‘ldi.

Ayni paytda mazkur hududda qo‘shimcha 1500 kvadrat metr maydonga ega yangi ombor qurilishi yakuniga yetkazilmoqda va yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi. Bu esa Farg‘ona viloyatidan eksport qilinadigan mahsulotlar hajmini yana-da kengaytirish imkonini beradi.

Viloyat rahbari yangi omborning imkoniyatlari bilan tanishdi hamda “Washin Trading Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ramzan Siddiq bilan o‘tkazilgan suhbatda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.

Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda malina, olxo‘ri, qovun va quritilgan mevalarni Yaponiya bozoriga yana-da keng hajmda yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi mazkur hududda qulupnay yetishtirishga ixtisoslashgan klaster faoliyati bilan ham tanishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling