Chexiya Bosh vaziri Toshkentdagi ta'lim markaziga tashrif buyurdi

Chexiya Bosh vaziri Toshkentdagi ta'lim markaziga tashrif buyurdi

Chexiya Bosh vaziri Toshkentdagi ta'lim markaziga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish poytaxtimizdagi Xalqaro tillar va ko‘nikmalar maktabi bilan yaqindan tanishdi.

Oliy martabali mehmon markazning zamonaviy o‘quv korpusi, auditoriyalari, til laboratoriyalari hamda taʼlim jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari tinglovchilar bilan xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari va kelgusida xorijda ishlash rejalari haqida suhbatlashdi.

Bosh vazir yoshlarning intilishlarini yuqori baholab, bunday tashabbuslar ularning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Xalqaro tillar va ko‘nikmalar maktabi xorijda ishlash istagidagi nomzodlarni zamonaviy talablar asosida to‘liq bepul tayyorlash maqsadida Migratsiya agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Markazda 320 o‘rinli o‘quv binosi, shuningdek, hududlardan kelib tahsil olayotganlar uchun 350 o‘rinli, barcha qulayliklarga ega yotoqxona mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling