O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Belgradda Toshkent koʻchasi boʻladi

Dilafro'z Niyazova · 08.09.2026 · 22:35 · 36 views
Belgradda Toshkent koʻchasi boʻladi
Belgradda Toshkent koʻchasi boʻladi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi boʻldi.

Yetakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini taʼkidladilar.

Toshkent koʻchasi xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.