Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning Andijon viloyatida qariyb 2 kilogramm gaşişni 18 ming dollarga sotayotgan ikki nafar erkak qölga olindi.
Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari, DXXning viloyat boşqarmasi va içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazildi.
1988 va 1995 yillarda tuğilgan gumonlanuvçilar Paxtaobod tumanida şartli xaridorga 1 kilogramm 971 gramm gaşişni sotayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, qölga oliş vaqtida erkaklar tezkor xodimlarga faol qarşilik körsatgan va qoçişga uringan.
Qölga olinganlarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi. Ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.