“Asman Airlines” aviakompaniyasining yangi aviareysi Toshkent va Issiqko‘lni bog‘laydi

“Asman Airlines” aviakompaniyasining yangi aviareysi Toshkent va Issiqko‘lni bog‘laydi
 

“Asman Airlines” aviakompaniyasining yangi aviareysi Toshkent va Issiqko‘lni bog‘laydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 15-may kuni “Uzbekistan Airports” AJda Qirg‘izistonning “Asman Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi yo‘lovchi aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar doirasida aviakompaniya Toshkent xalqaro aeroporti va Qirg‘iziston aeroportlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalari bilan tanishtirdi. Birinchi bosqichda Toshkent – Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha reysni ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki muddat 2026-yil 24-iyun etib belgilangan. Parvozlarni Dash 8-400 turidagi havo kemalarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Kelgusida qirg‘iz aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirmoqda: kuz mavsumiga Toshkent – O‘sh, qishki mavsumga esa Toshkent – Qoraqo‘l (Karakol) yo‘nalishlari bo‘yicha reyslarni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. Shuningdek, Toshkent va Bishkek o‘rtasida aviaqatnovlarni ochish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuv davomida mintaqaviy aviaqatnovlarni rivojlantirish istiqbollariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Qirg‘izistondan O‘zbekistonning hududiy aeroportlari — Andijon, Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlariga reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi.

“Asman Airlines” — Qirg‘izistonning davlat aviakompaniyasi bo‘lib, “Qirg‘iziston aeroportlari” AJning shuba korxonasi hisoblanadi. Aviatashuvchi Dash 8 Q400 turidagi turbovintli havo kemalarida parvozlarni amalga oshiradi. Ayni paytda aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘i Qirg‘izistonning asosiy shaharlarini, shuningdek, Olmaota va Xo‘jand kabi xalqaro yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling