AQSH O‘zbekistonning 24 nafar fuqarosini deportatsiya qildi
AQSH O‘zbekistonning 24 nafar fuqarosini deportatsiya qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Amerika Qo‘shma Shtatlari 11 iyun kuni deportatsiya reysini amalga oshirdi. Uning doirasida AQSH hududida bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning 24 nafar fuqarosi mamlakatga qaytarildi.
O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi maʼlum qilishicha, mazkur reys Amerika hukumati tomonidan davlat chegaralari xavfsizligini taʼminlash va noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bir qismi hisoblanadi.
Bayonotda taʼkidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy ravishda kirgan shaxslar amaldagi migratsiya tartib-taomillariga muvofiq ushlanishi va keyinchalik deportatsiya qilinishi mumkin.
Amerika tomoni fuqarolarni qaytarish jarayonini tashkil etishda hamkorlik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston hukumatiga ham minnatdorlik bildirdi.