O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Andijon viloyatida ikkita korruptsiya ishi to'xtatildi

UzDaily · 13.06.2026 · 13:00 · 35 views
Andijon viloyatida ikkita korruptsiya ishi to'xtatildi

Andijon viloyatida ikkita korruptsiya ishi to'xtatildi

 Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar departamenti bilan hamkorlikda bir qator tezkor tadbirlarni o'tkazdilar.

Tergovlar natijasida noqonuniy ravishda imtiyozlarni olishga va qonuniy tartib-qoidalarni chetlab o'tishga qaratilgan ikkita bir-biriga bog'liq bo'lmagan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari aniqlandi va to'xtatildi.

Birinchi hodisa viloyat markazida qayd etilgan boʻlib, unda Qurilish, uy-joy va kommunal xizmatlarni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi boʻlim boshligʻi tadbirkorning mablagʻlarini tortib olishga uringan. Avvalroq, “Andijon suv taʼminoti” AJ mutaxassislari shahardagi chakana savdo doʻkonlaridan birida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanishni fosh qilib, davlatga yetkazilgan zararni qariyb 680 million soʻmga baholagan edi.

Sho‘ba boshlig‘i esa mansabdor tanishlari orqali zarar miqdorini qayta hisoblatib, kamaytirish va ma’muriy chora ko‘rilishida yordam berish evaziga 30 mln so‘m talab qilgan.

DXX, IJQKD va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs do‘kon egasidan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.\

Boshqa holatda esa aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Asaka tuman filiali Mahallabay ishlash bo‘limi bosh menejeri tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga 3 mlrd 650 mln so‘m miqdorida kredit olishida yordam berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilgan. Shu tariqa u joriy yilning aprel-may oylarida fuqarodan jami 7800 AQSH dollari olgan.

Lekin, bosh menejer va’dasini bajara olmasdan, ushbu pul mablag‘i hisobidan 1000 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

UzDaily · 👁 35 views · 13.06.2026 · 13:00