Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Andijon va Qoshg‘ar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi

Andijon va Qoshg‘ar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi

Andijon va Qoshg‘ar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi Qashqar shahrining hokimi boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Andijonda bo‘lib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikka kelishildi.

Bugun mehmonlarni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qabul qildi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, transport-logistika, turizm va ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, muzokaralarda erishilgan kelishuvlar natijasida, Andijon shahar hokimligi va Qashg‘ar shahri Xalq hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling