O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

“Agroportal”dan foydalanish tartibi belgilandi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 16:35 · 29 views
“Agroportal”dan foydalanish tartibi belgilandi

“Agroportal”dan foydalanish tartibi belgilandi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (381-son, 13.07.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi subyektlariga agrosanoat yo‘nalishida elektron xizmatlarni “yagona nuqta” orqali ko‘rsatishga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan (Agroportal) foydalanish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar Agroportal operatorining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Agroportalga texnik xizmat ko‘rsatish hamda tizimning samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;

idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali elektron maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish;

Agroportalni takomillashtirib borish va boshqalar.

Foydalanuvchi Agroportal imkoniyatlaridan foydalanish uchun “agro.gov.uz” manziliga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kiradi.

Foydalanuvchilarning arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularga javob yuborish tartibi Agroportal yoki elektron xizmatlar ko‘rsatishga masʼul bo‘lgan davlat organlari va xususiy sektorning axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bunda elektron xizmat ko‘rsatish natijasi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnoma Agroportal orqali foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.