O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi

Dilafro'z Niyazova · 20.11.2024 · 15:22 · 2039 views
Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi
Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ma’qulladi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ilgari surgani xabar qilingandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdulla Aripovning Bosh vazir lavozimiga nomzodini ko‘rib chiqdi.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etdi.

Nomzod va taklif etilayotgan dastur yuzasidan fraksiya rahbarlari va deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Dastur va nomzodlik muhokamasidan so‘ng Abdulla Aripovni Bosh vazir lavozimiga tasdiqlash masalasi ovozga qo‘yildi.

Yashirin ovoz berish natijasida deputatlar Abdulla Aripovning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodini ma’qulladilar.