8-mart va Navro‘zda qo‘shimcha dam olish kunlari
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda 21-mart — Navro‘z bayrami munosabati bilan rasmiy dam olish kunlari taqvimini eʼlon qildi.
8-martdagi dam olish kunlari
- 8 mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
- 9 mart (yakshanba) — dam olish kuni;
- 10 mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
Navro‘zdagi dam olish kunlari
- 21 mart (juma) — Navro‘z bayrami;
- 22 mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 23 mart (yakshanba) — dam olish kuni.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.