O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

2024-yilda Toshkent jamoat transporti uchun 1,52 trln so‘m ajratildi

Dilafro'z Niyazova · 06.02.2025 · 10:30 · 619 views
2024-yilda Toshkent jamoat transporti uchun 1,52 trln so‘m ajratildi
2024-yilda Toshkent jamoat transporti uchun 1,52 trln so‘m ajratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda «Toshshaxartransxizmat» AJ va «Toshkent metropoliteni» DUK davlat byudjeti hisobidan 1,52 trln so‘m mablag‘ oldi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ajratilgan mablag‘ning asosiy qismi — 1,08 trln so‘m «Toshshaxartransxizmat» tasarrufiga yo‘naltirildi.

Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» uchun 417,79 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari ajratilgan.