Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida konsalting kompaniyalari assotsiatsiyasi taşkil etildi. Uşbu tuzilma soha rivojiga kömaklaşiş, konsalting xizmatlari sifatini oşiriş va mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan.
22 oktyabr kuni konsalting biznesi vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Unda Savdo-sanoat palatasi raisining örinbosari Bahrom Maxmatrayemov va assotsiatsiya raisi Umidbek Safarov qatnaşdi.
Tadbirda Deloitte & Touçe, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young, KPMG va Utax xalqaro auditorlik va konsalting kompaniyalari vakillari, şuningdek, audit, soliq maslahatlari, buxgalteriya autsorsingi va boşqa xizmatlarga ixtisoslaşgan taşkilotlar iştirok etdi.
Qatnaşçilarga yangi assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari, faoliyatining asosiy yönalişlari hamda konsalting bozorini rivojlantiriş rejalari taqdim etildi.
Assotsiatsiyaning ustuvor vazifalaridan biri kompaniyalarni yagona professional platformada birlaştiriş, tajriba almaşişni kengaytiriş va soha iştirokçilari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat böladi.
Şuningdek, assotsiatsiya mahalliy konsalting xizmatlarini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş imkonini beradigan standartlarni işlab çiqişga kömaklaşişni rejalaştirmoqda.
Faoliyatning alohida yönalişi konsalting kompaniyalari va tadbirkorlik subyektlari duç kelayotgan tizimli muammolarni aniqlaş hamda ularni hal etiş böyiça amaliy takliflar tayyorlaşni qamrab oladi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytiriş maqsadida assotsiatsiya Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, şuningdek, konsalting va soliq maslahatlari sohasida faoliyat yurituvçi yetakçi Yevropa va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyişni rejalaştirmoqda.
Uçraşuv yakunida soha vakillari xizmatlar sifatini xalqaro darajaga olib çiqiş, kompaniyalar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va milliy konsalting bozorini yana-da rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.