7
Iqtisod

Özbekiston va Janubiy Koreya ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirmoqda

Özbekiston va Janubiy Koreya ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirmoqda
Özbekiston va Janubiy Koreya ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Özbekiston Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Janubiy Koreya ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytiriş hamda Koreyaning ilğor işlanmalarini sanoatga joriy etiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi xabar berdi.

Agentlik direktori B. Haydarov Koreya Sanoat texnologiyalari instituti (KITEÇ) tarkibiga kiruvçi Koreya Milliy kamyob metallar instituti (KORAM) boş ilmiy xodimi, şuningdek, Koreya fan va texnologiyalar universiteti (UST) professori Bum-Sung Kim bilan onlayn uçraşuv ötkazdi.

Tomonlar Özbekiston sanoat korxonalarining ilmiy-texnologik salohiyatini oşiriş va Janubiy Koreyaning ilğor tajribasini qöllaş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Xususan, sanoat korxonalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini (R&D) rivojlantiriş, fan, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş, şuningdek, zamonaviy tadqiqot markazlari va laboratoriyalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Qöşma ilmiy-texnologik loyihalarni amalga oşiriş va xorijiy ekspertlarni jalb qilişga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari professor Bum-Sung Kim nomzodini agentlik direktorining ilmiy-texnologik rivojlaniş masalalari böyiça xorijiy maslahatçisi sifatida jalb etiş istiqbollarini muhokama qildi.

Kutilişiça, hamkorlik sanoat korxonalarining texnologik rivojlanişini jadallaştiriş, innovatsion işlanmalarni işlab çiqarişga joriy etiş va yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş hajmini kengaytirişga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.