Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futzal terma jamoasi 2–10 noyabr kunlari Toşkentda öquv-maşğulot yiğini ötkazadi va Tojikiston milliy terma jamoasi bilan ikkita örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Tayyorgarlik FIFAning xalqaro öyinlar taqvimidagi tanaffus davriga möljallangan. Bu haqda Özbekiston futzal federatsiyasi xabar berdi.
Milliy terma jamoaga nomzod futzalçilar maşğulotlari Özbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar markazining sport zalida bölib ötadi. Yiğin doirasida murabbiylar ştabi Tojikiston futzalçilari bilan ikkita nazorat uçraşuvini ötkazişni rejalaştirgan.
Birinçi öyin 8 noyabr kuni Terma jamoalar markazi hududida bölib ötadi. Tomonlarning özaro kelişuviga köra, uçraşuv tomoşabinlarsiz ötkaziladi. Ikkinçi bahs esa 10 noyabr kuni soat 18:00 da “Yunusobod” sport majmuasida taşkil etiladi va muxlislar uçun oçiq böladi.
Yiğinda iştirok etiş uçun 22 nafar futzalçi çaqirilgan. Röyxatdan tört nafar darvozabon, beş nafar himoyaçi, töqqiz nafar qanot öyinçisi va tört nafar hujumçi örin olgan. Taklif etilganlar orasida Özbekiston yoşlar terma jamoasining beş nafar vakili ham bor.
Özbekiston terma jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar: Abbos Elmurodov (BMB), Abbos Ulmasbekov (BMB), Jasurbek Rizbonov (“Nasaf”), Şohjahon Zamirxonov (BMB).
Himoyaçilar: Ilhom Hamroyev (SQB), Anasxon Rahmatov (“Nasaf”), Sunnatilla Jörayev (“Nasaf”), Jamoliddin Sattorov (BMB), Fazliddin Botirov (OKMK).
Qanot öyinçilari: Husniddin Nişonov (BMB), Muhammadali Husanboyev (BMB), Tohirbek Abdukarimov (“Maksam-Çirçiq”), Davron Çoriyev (BMB), Quvonçbek Jahonov (“Nasaf”), Asilbek Vafoyev (“Nasaf”), Behruz Samiyev (Oil Star), Eldor Niğmatov (“Xorazm”), Abdulboriy Iliyosov (SQB).
Hujumçilar: Abror Ahmedzyanov (SQB), Begzod Mirqosimov (BMB), Muzaffar Abdukarimov (“Olmaliq”), Javohirbek Abdulvosiyev (BMB).
Noyabr oyidagi yiğin va örtoqlik uçraşuvlari milliy terma jamoaning bölajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonining bir qismi böladi.