Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va quriliş sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari böyiça Janubiy Koreyaning JACE KOREA kompaniyasi hamda Britaniyaning Connected Places Catapult (CPC) taşkiloti vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
JACE KOREA delegatsiyasi bilan uçraşuvda tomonlar Özbekistonda quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini seysmik loyihalaşda Janubiy Koreya tajribasidan foydalaniş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida binolarni seysmik mustahkamlaş sohasida tajriba almaşiş va davlat-xususiy şeriklik asosida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Şuningdek, Connected Places Catapult vakillari bilan Özbekistonda binolarni axborot modellaştiriş (BIM) texnologiyalarini joriy etişga bağişlangan onlayn uçraşuv bölib ötdi.
Muzokaralar Britaniyaning Raqamli quriliş böyiça xalqaro dasturi (Digital Construction International Programme — DCIP) doirasida taşkil etildi.
Uçraşuv iştirokçilari BIM texnologiyalarini joriy etişning hozirgi holati, xalqaro tajriba va milliy yöl xaritasini takomillaştiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, sohani raqamlaştirişning normativ-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantiriş, texnik standartlarni işlab çiqiş hamda davlat xaridlarida BIM texnologiyalaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, tomonlar mutaxassislarning malakasini oşiriş va amaldagi axborot tizimlarini integratsiya qiliş masalalariga ham töxtaldi.