Yangi Toshkentda osmono'par binolar qurilishi muhokama qilindi

Yangi Toshkentda osmono'par binolar qurilishi muhokama qilindi

Yangi Toshkentda osmono'par binolar qurilishi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori Davronjon Adilov dunyoning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri – “China State Construction” (CSCEC) bosh direktori Ven Bing rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqotda Yangi Toshkent hududida zamonaviy osmono‘par binolar qurilishi, ilg‘or urbanizatsiya yechimlarini joriy etish, shuningdek, Xitoyning megapolislar yaratish borasidagi boy tajribasini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda CSCEC dunyoning eng yirik qurilish korporatsiyalaridan biri bo‘lib, kompaniya Osiyo, Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi yirik infratuzilma hamda zamonaviy shaharsozlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va Yangi Toshkentni innovatsion megapolis sifatida rivojlantirish borasida fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling