O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Yandex Go O‘zbekiston bo‘ylab “Joylar” servisini ishga tushirdi

Dilafro'z Niyazova · 28.03.2025 · 08:30 · 939 views
Yandex Go O‘zbekiston bo‘ylab “Joylar” servisini ishga tushirdi
Yandex Go O‘zbekiston bo‘ylab “Joylar” servisini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Go ilovasidagi “Joylar” xizmati endilikda ilova ishlaydigan barcha shaharlarda mavjud. U orqali foydalanuvchilar o‘z xohishiga ko‘ra muassasani tanlashi, xizmatlarga yozilishi, qulay marshrutni belgilashi va taksi buyurtma qilishi mumkin.

Avval bu xizmat Toshkentda faoliyat boshlagan bo‘lsa, endi u Yandex Go mavjud bo‘lgan barcha shaharlarni o‘z ichiga oladi, jumladan: Samarqand, Buxoro, Nukus, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Xiva.

Ilovadagi interaktiv shahar xaritasi va qulay filtrlar orqali muassasalarni reyting, masofa, ish jadvali, Wi-Fi mavjudligi va boshqa parametrlarga qarab saralash mumkin. Shuningdek, tematik to‘plamlar orqali yangi qiziqarli joylarni — ommabop restoranlar, qahvaxonalar, go‘zallik salonlari va boshqa muassasalarni topish imkoniyati mavjud.

Muassasalar profilida batafsil maʼlumotlar beriladi: suratlar, ish soatlari, manzil, masofa hamda tashrif buyurgan mijozlarning fikr-mulohazalari.

Bundan tashqari, profillarda muassasa bilan o‘zaro aloqa qilish uchun yangi funksiyalar joriy etildi. Endi:

Muassasaga qo‘ng‘iroq qilish

Administrator bilan chat orqali xizmatlarga yozilish

Taksi buyurtma qilish

Yo‘nalish belgilash mumkin.

“Joylar” servisidan foydalanish uchun Google Play yoki App Store orqali Yandex Go ilovasini yangilash kifoya.