O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"Ural avialiniyalari" O‘zbekistonga yangi reyslarni ochmoqda

UzDaily · 20.03.2025 · 10:00 · 742 views
"Ural avialiniyalari" O‘zbekistonga yangi reyslarni ochmoqda

"Ural avialiniyalari" O‘zbekistonga yangi reyslarni ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyaning "Ural avialiniyalari" aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Berilgan ruxsatnomaga muvofiq, aviakompaniya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi:

— Sochi – Samarqand – Sochi,

— Sochi – Namangan – Sochi,

— Krasnoyarsk – Samarqand – Krasnoyarsk.

"Ural avialiniyalari" — Rossiyaning muntazam va charter parvozlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi bo‘lib, uning bosh ofisi Yekaterinburg shahrida joylashgan.