Özbekiston

Toşkentda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jabrlandi

Toşkentda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jabrlandi
Toşkentda gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jabrlandi / Foto: Videodan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi köp qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida bir kişi jabrlandi.

Jabrlangan şaxs şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa haqidagi xabar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga 5 noyabr kuni soat 10:00 da kelib tuşgan. Hodisa Çilonzor mavzesining 23-dahasida joylaşgan uylardan birida sodir bölgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv bölinmalari yonğinni tezkorlik bilan bartaraf etdi. Çaqnaş oqibatida qöşni xonadonning eşik va derazalari qisman şikastlangan.

Ayni paytda mutaxassislar hodisa sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.