Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyatida bojxona organlari xodimlari qandolat mahsulotlari qadoqlari içiga yaşirilgan 613 dona nikotinli paketçani aniqladi.
Musodara qilingan mahsulotlarning dastlabki baholangan qiymati 65 mln sömni taşkil etadi. Bu haqda Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xabar berdi.
Tezkor tadbir tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida Toşkent tumanidagi kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazildi.
“Navoiy” çegara-bojxona posti yaqinida huquqni muhofaza qiluvçi organlar kuzatuvida bölgan fuqaro boşqaruvidagi “Damas” avtomobili töxtatildi.
Transport vositasi közdan keçirilganda, nikotinli paketçalar turli qandolat mahsulotlari qadoqlari içidagi şirinliklar ostiga yaşirilgani ma’lum böldi.
Jami 613 dona paketça aniqlandi. Bojxona organlarining dastlabki hisob-kitoblariga köra, ularning umumiy qiymati 65 mln sömni taşkil etadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.