7
Iqtisod

Toshkentdan Xaynanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi

Toshkentdan Xaynanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi
Toshkentdan Xaynanga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyildi / Foto: Uzbekistan Airports.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy haftada ikkita mahalliy aviakompaniya – “Uzbekistan Airways” va “Qanot Sharq” Xitoyning Xaynan orolidagi mashhur kurort Sanya shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi.

“Uzbekistan Airways” aviaqatnovlari haftada bir marta chorshanba kunlari, “Qanot Sharq” reyslari ham haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Aviachiptalarga oid barcha tafsilotlarni aviatashuvchilarning rasmiy veb-saytlarida topishingiz mumkin.

Sanya - Janubiy Xitoy dengizida joylashgan Xitoyning Xaynan orolining janubiy tomonidagi shahar. Tropik iqlimi bo'lgan orol o'zining ko'p sonli dengiz qirg'oqlaridagi kurortlari bilan mashhur.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.