O‘zbekiston

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-yanvar kuni soat 17:40 da Olmazor tumanidagi Sebzor ko‘chasida ikki Lacetti va bir Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Lacetti haydovchilaridan biri boshqaruvni yo‘qotib, yorug‘lik ustuniga urilgan. YTH natijasida hech kim jabrlanmadi.

Hodisa tafsilotlarini Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari o‘rganmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.