Toshkentda O‘zbekiston-Pokiston biznes forumi o‘tkaziladi
Toshkentda O‘zbekiston-Pokiston biznes forumi o‘tkaziladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Pokiston biznes forumi va B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Pokistonning Sarhad Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilmoqda va Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida soat 15:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.
Forumda farmatsevtika va tibbiy uskunalar, sanoat ishlab chiqarishi, chakana savdo va xizmatlar, kundalik isteʼmol tovarlari distributsiyasi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, turizm va logistika, taʼlim, qurilish, shuningdek, quruq mevalar savdosi sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi Pokiston kompaniyalari va biznes uyushmalarining 70 nafardan ortiq vakilidan iborat delegatsiya ishtirok etadi.
Tashkilotchilar pokistonlik hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan o‘zbekistonlik korxonalar va tadbirkorlarni forum hamda B2B muzokaralarida ishtirok etishga taklif etmoqda.