O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda Koreyaga ishga joylashtirish bahonasida gumonlanuvchilar ushlandi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 12:05 · 31 views
Toshkentda Koreyaga ishga joylashtirish bahonasida gumonlanuvchilar ushlandi

Toshkentda Koreyaga ishga joylashtirish bahonasida gumonlanuvchilar ushlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Janubiy Koreyaga ishga joylashtirishni tashkil etishni vaʼda qilib firibgarlik qilganlikda gumon qilinayotgan ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departament matbuot xizmati xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, A. H. va N. A. A. S. ismli fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yo o‘zlarining yuqori lavozimli tanishlari orqali uni Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish va yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Bu xizmatlar uchun ular 55 ming AQSH dollari talab qilgan.

Gumonlanuvchilar avvaldan kelishilgan mablag‘ning bir qismi bo‘lgan 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.