O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Dilafro'z Niyazova · 21.01.2025 · 13:09 · 558 views
Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi
v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan fuqaro, korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, jami 1,9 mlrd so‘m mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.